
IT Park Uzbekistan vebinari: Yevropa Ittifoqi va AQSh bozorlariga chiqish 🚀
1 kishi boryapti
IT Park Uzbekistan sizni soha mutaxassisi bilan eksklyuziv vebinarga taklif etadi. Unda IT-konsalting, dizayn va raqamli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va AQSh bozorlariga kirishni rejalashtirgan kompaniyalar uchun strategiyalar muhokama qilinadi.
Siz quyidagilarni o‘rganasiz:
✔ Jahon IT-xizmatlar bozorining bugungi holati
✔ Xizmat murakkabligi va narxiga qarab biznesingizni kengaytirish strategiyalari va vositalari
✔ Xalqaro kengayishning real misollari va asosiy xulosalari
✔ 2025-yilda jahon bozoriga chiqishning taxminiy xarajatlari
🗓 Sana: 2025-yil 20-mart, soat 15:00 (Toshkent vaqti)
📍 Format: Onlayn
Ma’ruzachi:
Kristina Morozova — AQSh, Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlarida filiallari bo‘lgan “Heads and Hands” mobil ilovalar va raqamli xizmatlarni ishlab chiqish studiyasining marketing bo‘yicha bosh direktori (CMO).
Kimlar qatnashishi kerak?
IT Park Uzbekistan a'zolari, IT-autsorsing kompaniyalari, startaplar va global miqyosda kengayishni rejalashtirgan tadbirkorlar.
🔗 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!