
Blockchain Hackathon 2025 - Markazlashtirilmagan yechimlarni yaratamiz!
Tashkent
“Blockchain Hackathon 2025”da ishtirok eting – blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda markazlashtirilmagan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bo'yicha musobaqa! Bu dasturchilarga, tahlilchilarga va blokcheyn ishqibozlariga o'z mahoratlarini namoyish etish, qimmatli tajriba orttirish va innovatsion yechimlar yaratish imkoniyatidir.
Hakatonda:
Prototip ishlab chiqish
10 soat ichida markazlashtirilmagan ilovaning ishchi prototipini yarating
Jamoa ishi
Yakka tartibda yoki 5 kishigacha bo'lgan jamoa bilan ishtirok eting
Mentor yordami
Blokcheyn sohasidagi yetakchi ekspertlardan maslahatlar oling
Nega ishtirok etish kerak?
Amaliy tajriba
Blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda ishchi prototip yarating
Mentorlar yordami
Blokcheyn texnologiyalari bo'yicha yetakchi ekspertlardan yordam
Mukofot jamg'armasi
100 000 000 so'm mukofot jamg'armasi – loyihangizni g'olib bo'lish va rivojlantirish imkoniyati
Networking
Blokcheyn sohasidagi top-mutaxassislar va hamfikrlar bilan tanishing
Mukofot jamg'armasi
Hakatonning umumiy mukofot jamg'armasi 100 000 000 so'mni tashkil etadi
1-o'rin
50 000 000 so'm
2-o'rin
30 000 000 so'm
3-o'rin
20 000 000 so'm
Qanday ishtirok etish mumkin?
1) Ro'yxatdan o'tish - 10 aprelda yakunlanadi. Ro'yxatdan o'tish formasini to'ldiring va o'zingiz yoki jamoangiz haqida ma'lumot bering
2) Jamoa tuzish - Yakka tartibda yoki 5 kishigacha bo'lgan jamoa bilan ishtirok eting. Agar jamoangiz bo'lmasa, biz hamfikrlarni topishga yordam beramiz!
3) O'tkazish joyi - Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 7/1,”Raqamli texnologiyalar vazirligi Kongress-zali”
Batafsil ma'lumot rasmiy havolada: https://token.uz/ru/hackathon
Tadbirga qo‘shiling va jamoangiz g‘olib bo‘lishga munosibligini isbotlang!
Noutbukingiz va innovatsion yechimlar yaratishga tayyorlik bilan keling!