Linkpro
O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar narxi oshishining aholi daromadlariga ta’siri
O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar narxi oshishining aholi daromadlariga ta’siri
VT
Organizer

O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar narxi oshishining aholi daromadlariga ta’siri

Feb
22
22 February, Saturday10:00 - 12:00

Tashkent

1 going

Offline Free Open

O'rtoqlar, kelayotgan shanbada “Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi yig‘ilishini o'tkazamiz.

Klubning bu safargi yig‘ini “O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar narxi oshishining aholi daromadlariga ta’siri” mavzusida bo'ladi.

Siz loyihani jonli kuzatishdan tashqari, bugungacha bo‘lgan va 2025-yil 1-apreldan mamlakatda navbatdagi bor oshishi kutilayotgan elektr va tabiiy gaz ta’riflari, buning sabablari hamda ta’riflar oshishining aholi daromadlariga ta’siri bo‘yicha mutaxassis va mas'ullardan ma’lumotlar olish, shuningdek, mavzu yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Intellektual klub yig‘ilishi 2025-yil, 22-fevral kuni, soat 10:00 da "Impuls" tadbirlar zalida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko'chasi 01, 6-uy